Journal.bmti.uz Jurnal to`g`risida ma’lumot

Jurnal to`g`risida ma’lumot

Buxoro muhandislik-texnologiya institutida chop etilayotgan ilmiy-texnikaviy jurnal to‘g‘risida

MA’LUMOT

1. Jurnal nomi – “Fan va texnologiyalar taraqqiyoti” ilmiy-texnikaviy jurnali

2. ISSN raqami – 2181-8193 ISSN

3. Muassis – Buxoro muhandislik-texnologiya instituti

4. Ommaviy axborot vositasi davlat ro‘yxatidan o‘tkazilganligi to‘g‘risida guvohnoma raqami va sanasi – O‘zbekiston matbuot va axborot agentligi Buxoro viloyat hokimligi Matbuot va axborot boshqarmasi tomonidan ro‘yxatdan o‘tkazilgan va unga 2014 yil 22 sentabrda 05-066 – raqamli tegishli guvohnoma berilgan.

5. OAK ro‘yxatiga kiritilganligi 2017 yildan “Fan va texnologiyalar taraqqiyoti” ilmiy-texnik jurnali OAK Rayosatining 2017 yil 29 martdagi № 239/5-sonli qarori bilan O‘zbekiston Respublikasi Oliy attestatsiya komissiyasining doktorlik dissertatsiyalari asosiy ilmiy natijalarini chop etish tavsiya etilgan ilmiy nashrlar ro‘yxatiga kiritilgan.

6. Jurnalning ruknlari

·     Texnika, texnologiya va jihozlar

·     Kimyo va kimyoviy texnologiyalar

·     Mashinasozlik va energetika

·  Informatika va axborot-kommunikatsion tizimlar

· Oziq-ovqat sanoati texnologiyalari

· To‘qimachilik va yengil sanoat texnologiyalari

·  Aniq va ijtimoiy-iqtisodiy  fanlar

7. Tahririyat hay’ati raisi: texnika fanlari doktori, professor Barakaev Nusratillo Rajabovich. Muovini: fizika-matematika fanlari doktori Sharipov Mirzo Zokirovich.

8. Bosh muharrir: – k.f.d., professor Do‘stov Hamro Bozorovich

9. Qaysi yildan nashr qilinadi va yilda necha marta chiqadi – Jurnal 2015 yil yanvar oyidan boshlab nashr qilinadi, davriyligi – yilida 4 marta chiqadi. 2020 yildan boshlab, yilida 6 marta chiqa boshladi.

10. Shartli bosma taboqi va adadi – Shartli bosma taboqi – 15, adadi – 10.

11. Moliyalashtirish manbalari – Obuna yo‘li bilan va qisman davlat budjetidan.

12. Maqola chop etishga bo‘lgan talabar – Jurnalda maqola chop etish uchun qo‘yiladigan talabar shakllantirilgan. Ushbu talablar jurnalning yil boshida chiqadigan sonida va mualliflar tomonidan so‘ralgan paytda berib boriladi.

14. Obuna indeksi – Jurnalning obuna indeksi – 3066.

15. Veb-sayt manzili – https://journal.bmti.uz

 

16. Tahririyat manzili – 200100, Buxoro shahri, Q. Murtazoev ko‘chasi, 15-uy.